Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

 Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 100 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali yanvar oyi  tinglovchisi, Marg‘ilon shahar 2-son sport maktabi boks treneri Rustamov Ismoiljon Tilavoldiyevich tomonidan Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga  tayyorlash markazida mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Boks” guruhi tinglovchilari hamda  p.f.b.f.d (PhD),  "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti O.Qambarov ishtirok etdi.