Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Joriy yilning 17-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 96 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi Namangan viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi treneri Qodirova Sevara G'anijonovna tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida S.Qodirova stol tennisi texnikasi, qoidalari, usullari boʻyicha amaliy koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.