Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 95 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali yanvar oyi “Futbol” guruhi tinglovchisi Mirzayev Shuxratjon Abdubannobovich  tomonidan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali stadionida mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  Fargʻona filialining “Futbol” guruhi tinglovchilari hamda  “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig‘i M.Hamraliyeva, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminovlar ishtirok etdi.