Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 88 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali noyabr oyi “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi Zokirov Umidjon tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida mahorat darsi oʻtkazildi.
Unda Fargʻona filialining “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminov ishtirok etdi.


