Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 93 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali noyabr oyi  tinglovchisi, Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yunon-rum kurashi treneri Nazirdinov Axad Asqaraliyevich tomonidan Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga  tayyorlash markazida mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  Fargʻona filialining “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda  "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti, PhD  O.Qambarov ishtirok etdi.