Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali iyun oyi "Kurash" guruhi tinglovchisi Kattababayev Oybek Arslanovich (90 ball) tomonidan Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazida “Hakamlik qoidalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. Unda Fargʻona filialining “Kurash” guruhi tinglovchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminov ishtirok etdi.


