Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 95 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali iyun oyi “Yengil atletika” guruhi tinglovchisi Fargʻona viloyati Dangʻara tumani sport maktabi yengil atletika treneri Nabiyev Sodirjon Marubjonovich tomonidan Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazida mahorat darsi oʻtkazildi. Unda Fargʻona filialining “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari hamda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchisi M.Maxamadjonov ishtirok etdi.
Ushbu mahorat darsida bosqon uloqtirish texnika va taktikasini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar nazariy hamda amaliy tarzda berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.

