Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 93 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali may oyi “Shaxmat” guruhi tinglovchisi Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar 2-son sport maktabi shaxmat  treneri Rustamov Alisher Abdusattarovich tomonidan Farg‘ona filiali shaxmat xonasida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida shaxmat sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar nazariy hamda amaliy tarzda berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari, tinglovchilar ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.