Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 98 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali aprel oyi “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchisi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar 2-son sport maktabi Qo‘l jangi treneri Yigitaliyev Elmurod Erkinali o‘g‘li tomonidan Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida qo‘l jangi sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.

