Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 97 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali mart oyi “Qo‘l jangi” guruhi tinglovchisi Farg‘ona viloyati Furqat tumani sport maktabi treneri Xamidov Axrorjon Ahmadovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida qo‘l jangi sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.


