Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Joriy yilning 16-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi treneri Sotvoldiyeva Nilufar Tursunovna tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsi Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkillanib, unda N.Sotvoldiyeva stol tennisi texnikasi, qoidalari, usullari boʻyicha amaliy koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.

