Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida amaliy tarzda mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 100 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Belbog'li kurash” guruhi tinglovchisi Farg'ona viloyati Qo'qon shahar 2-son sport maktabi belbog'li kurash treneri G'ulomov Zafarbek tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida Z.Gulomov amaliy tarzda belbog'li kurash texnikasi, qoidalari, usullari hamda raqib oyoqlari orasiga oyoq solib tizza bilan o‘ngga aylanib tashlash usulini qo‘llash boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.

