Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida amaliy darslar davom etmoqda…
Joriy yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining yanvar oyi "Stol tennisi" guruhi tinglovchilari uchun Farg‘ona shahar “Kimyogar” sport majmuasida O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi hamkorligida amaliy mashg'ulot oʻtkazildi. Amaliy mashg‘ulotda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Nazirov hamda "Stol tennisi" guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.


