Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida amaliy dars tashkil etildi
Joriy yilning 15-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining yanvar oyi "Stol tennisi" guruhi tinglovchilari uchun Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi treneri Sotvoldiyeva Nilufar Tursunovna tomonidan amaliy mashg'ulot oʻtkazildi. Amaliy darsda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Nazirov hamda "Stol tennisi" guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.


