Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun sport pedagogik mahoratini oshirish amaliy darsi tashkil qilindi.


Institutning Fargʻona filiali yanvar oyi “Boks” guruhi tinglovchilariga filial "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi p.f.b.f.d. (PhD), dotsent O.Qambarov tomonidan Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida sport pedagogik mahoratini oshirish amaliy darsi tashkil qilindi.
Mazkur amaliy dars davomida tinglovchilarga boks sport turida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish,  texnik-taktik tayyorgarlikni oshirish hamda mashg‘ulot jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va uslubiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sport pedagogikasida trenerning kasbiy mahoratining ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.
Boks sport turidagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi hamda tinglovchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va baholash bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.