Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sh.Oxunjonovaning “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish yoʻnalishi “3-guruh” tinglovchilariga “Taʼlim -tarbiya jarayonini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari” moduli boʻyicha “Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qonunosti hujjatlar” mavzusidagi ochiq darsi mashgʻuloti boʻlib oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻuloti davomida tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.



