Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti M.O.Karimovaning “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” malaka oshirish yo‘nalishi “1-guruh” tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya yoʻriqchisining professional kompetentligi va mahorati” moduli bo‘yicha “Jismoniy tarbiya yoʻriqchisining kompetensiyasi  va  modeli” mavzusidagi onlayn ochiq  darsi boʻlib oʻtdi.
Onlayn ochiq dars davomida tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.