Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti Sh.Kurbonovaning “Gimnastika sport turlari” guruhi tinglovchilariga “Sport psixologiyasi” moduli boʻyicha “Sportchining individual-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi ochiq  darsi boʻlib oʻtdi.
Ochiq dars davomida tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.