Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti N.Sultanova tomonidan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” malaka oshirish yoʻnalishi tinglovchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalarga harakatli o‘yinlarni o‘rgatish uslubiyati” moduli boʻyicha “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun milliy harakatli o‘yinlarning ahamiyati” mavzusidagi ochiq darsi mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.