Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti F.Soliyevning “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi “Voleybol” guruhi tinglovchilariga “Sport psixologiyasi” moduli boʻyicha “Sportni turi bo‘yicha trenerlik faoliyatida bilish jarayonlarining roli” mavzusidagi ochiq darsi mashgʻuloti boʻlib oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.


