Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Institutning Fargʻona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti L.Begimqulova tomonidan “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishining “Boks” guruhi tinglovchilari uchun  “Sport ta'limini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari” modulining “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunosti hujjatlari” mavzusidagi ochiq maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.