Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Institutning Fargʻona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti A.Meliqo‘ziyev tomonidan “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishining “Dzyudo” guruhi tinglovchilari uchun  “Amaliy xorijiy tilni o‘rganishning intensiv usullari” modulining “Sport musobaqalari tushunchasi va ularda qo‘llaniladigan so‘zlar va iboralar. Sport competition terminology and concepts” mavzusidagi ochiq maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, tinglovchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va koʻrsatmalar berildi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.