Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.

Joriy yilning 11-fevral kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti M.B.Yuldasheva tomonidan “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi “Erkin kurash” guruhida “Sport psixologiyasi” modulining “Sport turi boʻyicha trenerlik faoliyatida ruhiy holatlar” mavzusidagi ochiq maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.