Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, P.f.b.f.d. (PhD), v.b. professor D.Norqulovning “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish yoʻnalishi 5-guruh tinglovchilariga Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Voleybol sport turini oʻquvchilarga oʻrgatish uslubiyoti” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.


