Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkillandi.

Joriy yilning 25-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Fargʻona filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri p.f.f.d(Phd) v.b. professor D.R.Norkulov  tomonidan Fargʻona viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi “Kimyogar” sport majmuasida “Sport turlari boʻyicha trenerlar” yoʻnalishi “Basketbol” guruhi tinglovchilariga mahorat darsi darsi tashkil etildi.  
Ushbu mahorat darsida:
- Basketbol va Stridbol oʻyinlarida joriy qilingan yangi qoidalarni oʻrganish;
- Ushbu qoidalarni pedagogik jarayonda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish;
- Amaliy mashgʻulotlar orqali sport mahoratini oshirish maqsad qilingan.