Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkillandi.
Joriy yilning 11-fevral kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining oʻquv jarayoniga malakali xorijiy va mahalliy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminar, davra suhbatlari va mahorat darslarini tashkil etish rejasiga asosan Fargʻona filialida tinglovchilar uchun Fargʻona viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi suzish sport turi boʻyicha treneri, sport ustaligiga nomzod Rasulov Igor Abdukarimovich tomonidan mahorat darsi tashkillandi.


