Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari uchun davra suhbati tashkillandi

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining may oyi  “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari”  malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Oʻzbekıston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 392-son qarori yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. 
Davra suhbati davomida filialning Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring boʻlimi boshligʻi X.Madaminov hamda  "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi katta oʻqituvchisi Yu.Maxmudovlar tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyati, shuningdek maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan olib boriladigan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.