Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari koʻchma mashgʻulotda
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchisi A.Jaxbarov  hamda “Karate” guruhi tinglovchilari ishtirokida Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazida koʻchma mashgʻulotlar tashkil etildi.
Tinglovchilar koʻchma mashgʻulotda Karate texnik-taktik harakatlari, oʻquv-mashgʻulot va musobaqalardagi harakat turlari, texnik mahoratni oshirish yoʻllarini takomillashtirish boʻyicha zaruriy koʻnikma va bilimlarga ega boʻldilar.