Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari koʻchma mashgʻulotda
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti D.Norqulov hamda “Voleybol” guruhi tinglovchilari ishtirokida Fargʻona davlat universitetining sport majmuasida koʻchma mashgʻulotlar tashkil etildi.
Tinglovchilar koʻchma mashgʻulotda voleybol texnik-taktik harakatlari, oʻquv-mashgʻulot va musobaqalardagi harakat turlari, texnik mahoratni oshirish yoʻllarini takomillashtirish boʻyicha zaruriy koʻnikma va bilimlarga ega boʻldilar.