Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat va amaliy darslar tashkil etildi.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan institutning Fargʻona filiali aprel oyi “Gandbol” guruhi tinglovchilari Otabek Tursinov (98 ball) hamda Nodira Jakbarova (97 ball) tomonidan Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darslari va “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun amaliy darslar oʻtkazildi. 
Unda Fargʻona filiali direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov,  “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.