Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat va amaliy darslar tashkil etildi.

 Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan institutning Fargʻona filiali mart oyi “Basketbol” guruhi tinglovchilari A.Isayev (95 ball), I.Nugʻmonxodjayev (95 ball) hamda A.Djemilova (90 ball) tomonidan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darslari va “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun amaliy darslar oʻtkazildi. 
Unda Fargʻona filiali direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov,  “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.  Shuningdek, mahorat darslari va amaliy darslarda A.Isayev, I.Nugʻmonxodjayev hamda A.Djemilovaning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.