Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

 Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali iyun oyi  "Yengil atletika" guruhi tinglovchilari Bernikova Irina Fedorovna (98 ball),  Yusufjanov Azamat Turgunovich (95 ball) tomonidan  Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazida mahorat darslari oʻtkazildi. Unda  Fargʻona filialining “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminov va “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchisi M.Maxamadjonovlar  ishtirok etishdi.