Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali may oyi "Badiiy gimnastika" guruhi tinglovchilari Karimova Gulbaxor Jamolxonovna (100 ball), Maxammadjonova Latofat Abdurashidovna (95 ball) tomonidan Farg'ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazi badiiy gimnastika zalida mahorat darslari oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darslarida Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darslarida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.

