Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali mart oyi tinglovchilari Andijon viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi ushu treneri Isayev Baxodirjon Tursunxodjayevich (95 ball), Farg‘ona shahri 2-son sport maktabi ushu sport turi treneri Murotov Baxrom Xazratkulovich (90 ball) tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darslarida ushu sport turi texnikasi, usullari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darslarida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar tashkillandi.


