Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali mart oyi  tinglovchilari Namangan viloyati Pop tumani sport maktabi Armrestling sport turi trenerlari Boymirzayev Farrux Farxodovich (100 ball), Tursunov Siroch Baxromjon o‘g‘li (100 ball) tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darslarida Armrestling sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darslarida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.