Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali fevral oyi “Suv polosi” guruhi tinglovchilari V.Bondaryev (98 ball), A.Shamsutdinov (95 ball), O.Pletnyov (95 ball), E.Malinin (92 ball) va boshqalar tomonidan Namangan viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida mahorat darslari oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darslarida suv polosi sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darslarida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.