Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali fevral oyi “Chim ustida xokkey” guruhi tinglovchilari Bekzod To‘raqulov (100 ball), Odina Umarjonova (95 ball),  Kim Andrey (91 ball), Shavkat Mirzakarimov (90 ball) tomonidan Andijon viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida mahorat darslari oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darslarida chim ustida xokkey sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darslarida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.