Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan institutning Fargʻona filiali iyun oyi tinglovchilari, muaytay trenerlari Azizov Javlon Shavkatovich (100 ball), Matboboyev Baxtiyor Tursunovich (93 ball) hamda qo‘l jangi treneri Jumanazarov Baxrom Rasuljon o‘g‘li (87 ball) tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda filial “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi X.Madaminov hamda tinglovchilar ishtirok etdi.
Shuningdek, mahorat darslarida J.Azizov, B.Matboboyev hamda B.Jumanazarovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.



