Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan institutning Fargʻona filiali iyun oyi “Karate WKF” guruhi tinglovchilari Toʻxtasinov Ikromjon Isomidin oʻgʻli (100 ball) hamda Usmonov Saidislom Arobidin oʻgʻli (95 ball) tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda filial “Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish” boʻlimi boshligʻi M.Hamroliyeva hamda “Karate WKF” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Shuningdek, mahorat darslarida I.Toʻxtasinov hamda S.Usmonovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.


