Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan institutning Fargʻona filiali fevral oyi “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi, O‘zbek jang san’ati sport turi trenerlari F.Yunusov (98 ball), N.Mirzaolimov (98 ball), A.Aliyev (96 ball), Z.Otaxonovalar (93 ball) tomonidan Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda Fargʻona filiali direktor o‘rinbosari v.b. O.Qambarov, Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva hamda tinglovchilar ishtirok etdi.

