Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali dekabr oyi “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchilari Tuxtaboyev Bunyodjon (95 ball), Jumaboyev Jahongir (95 ball) tomonidan “Samo” sport majmuasida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda Fargʻona filialining “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchilari hamda “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig‘i M.Hamraliyeva, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Madaminovlar ishtirok etdi.


