Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali noyabr oyi tinglovchilari, Andijon viloyati kikboksing trenerlari Mamadjonov Ilxomjon (100 ball), Abdiyev Botirjon (98 ball), Umarov Anvarjon (95 ball) hamda Isaqov Otabek (85 ball) tomonidan Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda Fargʻona filialining noyabr oyi “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti, PhD O.Qambarov ishtirok etdi.

