Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

 Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali oktabr oyi  “Voleybol” guruhi tinglovchilari  Xatamov Baxtiyorjon O‘ktamovich (95 ball) hamda Kamoldinov Botirjon G‘ofirjon o‘g‘li (95 ball) tomonidan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga  tayyorlash markazi sport zalida mahorat darslari oʻtkazildi. 
Unda  Fargʻona filialining oktabr oyi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” , “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda  "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi mudiri, dotsent Q.Nazirov ishtirok etdi.