Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali oktabr oyi "Qo‘l jangi" guruhi tinglovchilari Doliyev Doniyor Muxammatovich (100 ball), Sayfudinov Abdusamad Jo‘raxanovich (90 ball) hamda Qazoqov Abdurashid Abdusalom o‘g‘li (88 ball) tomonidan Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida mahorat darslari oʻtkazildi.
Unda Fargʻona filialining “Qo‘l jangi” guruhi tinglovchilari hamda "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchisi A.Jaxbarov ishtirok etdi.


