Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali sentyabr oyi "Gandbol" guruhi tinglovchilari Jakbarov Rustam Ravshanovich (96 ball), Mutalipov Mirjalol Mirzoxidjon oʻgʻli (96 ball) tomonidan Fargʻona shahridagi Sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida mahorat darslari oʻtkazildi. Unda Fargʻona filialining “Gandbol” guruhi tinglovchilari hamda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchilari A.Jaxbarov, M.Maxamadjonovlar ishtirok etishdi.

