Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Belbogʻli kurash” guruhi tinglovchilari Namangan viloyati trenerlari E.Sotvoldiyev (90 ball), I.Xaydarov (87 ball) hamda O.Mullaboyevlar (92 ball) ishtirokida amaliy tarzda mahorat darslari oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darslarida Bеlbоg’li kurаsh texnikasi va usullari boʻyicha amaliy koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.