Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchilari ishtirokida Andijon viloyatida sport musobaqalari oʻtkazildi
Joriy yilning 30-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tinglovchilar oʻrtasida futbol hamda voleybol sport turlaridan musobaqa oʻtkazildi hamda oʻtkazilgan musobaqa natijalari boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.


