Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali quvonch ulashib

Institutning Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori v.b. D. Norkulov hamda yanvar oyi “Boks” guruhi tinglovchilari ishtirokida Fargʻona shahrida joylashgan, 3–18 yoshgacha boʻlgan nogironligi mavjud bolalar uchun moʻljallangan “Orzular” kunduzgi parvarishlash xizmati muassasasida ezgu maqsadga yoʻnaltirilgan mehr-eʼtibor tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida muassasa tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olinib, bolalarga turli sovgʻalar ulashildi. Samimiy muloqot, iliq tabassum va eʼtibor orqali ularning koʻngliga quvonch, qalblariga esa mehr va ishonch ulashildi.
Bunday insonparvarlik tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgulik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.