Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali professor-o’qituvchilari va xodimlari Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar internat uyiga tashrif buyurdi
Har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida Respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir. 
Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali  professor-oʻqituvchilari va xodimlari Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar  internat uyiga tashrif  buyurdilar hamda “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga sovgʻalar ulashildi.