Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilariga Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan berilgan chop etish ruxsatnomalari topshirildi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining o‘quv adabiyotlari tayyorlagan bir qator professor-oʻqituvchilariga institut rektori, professor I.Tursunaliyev nomidan Farg‘ona filiali direktori A.Tishabayev o‘quv adabiyotlarining chop etish ruxsatnomalarini topshirdi. 
Ushbu o‘quv adabiyotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda chop etishga ruxsat berildi.